Go‘shtli rulet
Kerakli masalliqlar:

1. Un
2. Sut – 750 gr.
3. Margarin – 250 gr.
4. Tuxum – 4 dona
5. Shakar – 1 choy qoshiq
6. Yog‘ – 200 gr.
7. Achitqi – 2 osh qoshiq
8. Tuz – 3 choy qoshiq
9. Qiyma – 1 kg
10. Piyoz – 2 dona.



Tayyorlanishi:

Qiyma.
Qiyma go‘shtga piyoz, tuz solinib, tovada biroz qovurib olinadi.

Tuxumning oqini shakar bilan aralashtirib, issiq sutga solinadi. So‘ng, 2 stakan un bilan achitqi solinib, suyuq xamir qoriladi va 2 soatga muzlatkichga qo‘yiladi. So‘ng, suyuq xamir muzlatkichdan olinib, to‘z, yog‘, 3ta tuxum sarig‘i va un solinib, yumshoq xamir qoriladi. Xamirni 5 ga bo‘lib, xar bir bo‘lagini selofanga o‘rab, yana muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi. So‘ng, xar bir zuvalani yoyib, 50 grdam xona xaroratida yumshagan margarin surtiladi.



Yoyilgan xamirga qiyma solinib, rasmda ko‘rsatilgan shaklga keltirib o‘raladi. Duxovka listiga oysimon shaklda qo‘yilib, ustiga tuxum sarig‘i surtilib, sedana sepiladi va o‘rta olovda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.


Eslatma: Tayyor zuvalalarni muzlatkichda saqlagan holda ertalabki nonushtaga bittadan pishirish mumkin.

Yoqimli ishtaha!
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (16.02.2017)
Просмотров: 1906 | Теги: Go‘shtli, rulet | Рейтинг: 4.7/14
Всего комментариев: 0