“Ari uyasi” pirogi
Zarur masalliqlar:

achitqi uchun:

1 piyola sut
0,5 piyola un
1 osh qoshig‘ida shakar
2 choy qoshig‘ida quruq xamirturush

xamiri uchun:

1 ta tuxum
2 osh qoshig‘ida shakar
1 osh qoshig‘ida o‘simlik yog‘i
0,5 kg un
100 g shakar
100 g margarin

Tayyorlanishi:

Avval achitqini tayyorlab olamiz. Buning uchun 1 piyola sutni iliqdan ko‘ra issiqroq haroratgacha qizdirib, unga 0,5 piyola un, 1 osh qoshiq shakar va 2 choy qoshiq quruq xamirturush solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz va idishning og‘zini yopib, sochiq bilan o‘rab, issiqroq joyga qo‘yib qo‘yamiz.



Taxminan 15—20 daqiqadan so‘ng achitqi tayyor bo‘ladi.



Xamirni tayyorlash uchun 1 ta tuxum, 2 osh qoshiq shakar va 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘ini bitta idishga solib aralashtiramiz.



Ustiga tayyor achitqini solib, yana aralashtiramiz.



Taxminan 0,5 kg unni solib, yumshoq va qayishqoq xamir qoramiz. Uni qopqoqli idishga solib, sochiqqa o‘rab, issiq joyga taxminan 30 daqiqa qo‘yamiz.



Xamir boshlang‘ich hajmidan taxminan ikki barobar kattalashishi kerak.


Yumshagan margarinni shakar bilan yaxshilab aralashtiramiz. Xamirni yoyib, unga margarinli kremni surib chiqamiz.


So‘ng xamirni tarang qilib rulet shaklida o‘raymiz va 4—5 santimetr qalinlikdagi bo‘laklarga kesib chiqamiz.



Formaga qog‘oz to‘shab, yon tomonlarini yog‘lab chiqamiz. Xamir bo‘laklarini tik qilib joylashtiramiz. Formani iliq joyda biroz vaqtga qoldirib, xamir yanada oshishini kutamiz.


Shundan keyin 180 darajagacha qizidirilgan duxovkada taxminan 30 daqiqa davomida pishiramiz.



Pirog tayyor, yoqimli ishtaha!
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (16.02.2017)
Просмотров: 2237 | Теги: “Ari, pirogi, uyasi” | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0