Yong‘oq va mayizli maffin
Zarur masalliqlar: 220 g un 100 g margarin 200 g shakar 1 choy qoshiq razrixlitel 130 ml sut 2 ta tuxum 100 g yong‘oq 100 g mayiz Tayyorlanishi: Margarinni biroz eritamiz va unga shakarning yarmini qo‘shib aralashtiramiz. Tuxumlarni bitta-bitta chaqib solamiz. Shakarning qolganini qo‘shamiz. ![]() Sutni solamiz va yana aralashtiramiz. ![]() Unni razrixlitel bilan aralashtirib, so‘ng suyuq aralashmaga solamiz. Aralashtiramiz. ![]() Xamirga yong‘oq va mayizni qo‘shamiz. ![]() ![]() Formani yog‘lab, xamirni solib chiqamiz. ![]() 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 25—30 daqiqa davomida pishiramiz. ![]() Maffin tayyor. Yoqimli ishtaha! ![]() ![]() | |
| |
Просмотров: 1823 | | |
Всего комментариев: 0 | |