Shokoladli pankeyk
Zarur masalliqlar:

1 stakan un
1 stakan sut
1 ta tuxum
2—3 osh qoshiq kakao
2—3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
0,5 choy qoshiq osh sodasi (sirka bilan so‘ndirish kerak)
2 osh qoshiq shakar
ta’bga ko‘ra tuz


Tayyorlanishi:

Shakar va tuxumni mikser yordamida aralashtiramiz.

Sutni ham qo‘shib, aralashtirishda davom etamiz



Aralashmaga unni solamiz.



So‘ng kakaoni qo‘shamiz.



Oxirida o‘simlik yog‘i va osh sodasini solib, yaxshilab aralashtiramiz.



Tovani qizdirib, o‘rtasiga yarim cho‘mich xamirni quyamiz. Bir tomoni pishgach, ikkinchi tomonini ag‘daramiz. Shu tariqa, barcha pankeyklarni pishirib olamiz.





Pankeyk tayyor. Yoqimli ishtaha!


Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (16.02.2017)
Просмотров: 1414 | Теги: SHOKOLADLI, pankeyk | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0