Oshirma xamirdan rogalik tayyorlaymiz
Muloyim va yengil xamirli rogalik oilangizning barcha yoshdagi a’zolari uchun birdek ma’qul kelishi shubhasiz. Bundan tashqari, ushbu pishiriqqa o‘z ta’bingizga qarab turli-tuman qiymalarni solishingiz mumkin. Biz esa qiyma sifatida mayizdan foydalandik. Zarur masalliqlar: achitqi uchun: 1 piyola sut 0,5 piyola un 1 osh qoshig‘ida shakar 2 choy qoshig‘ida quruq xamirturush xamiri uchun: 1 ta tuxum 2 osh qoshig‘ida shakar 1 osh qoshig‘ida o‘simlik yog‘i 0,5 kg un 25 g margarin qiymasi uchun: 0,5 piyola mayiz qiyomi uchun: 0,5 piyola shakar 1 piyola suv Tayyorlanishi: Avval achitqini tayyorlab olamiz. Buning uchun 1 piyola sutni iliqdan ko‘ra issiqroq haroratgacha qizdirib, unga 0,5 piyola un, 1 osh qoshiq shakar va 2 choy qoshiq quruq xamirturush solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz va idishning og‘zini yopib, sochiq bilan o‘rab, issiqroq joyga qo‘yib qo‘yamiz. 2 ![]() Taxminan 15—20 daqiqadan so‘ng achitqi tayyor bo‘ladi. 3 ![]() Xamirni tayyorlash uchun 1 ta tuxum, 2 osh qoshiq shakar va 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘ini bitta idishga solib aralashtiramiz. 4 ![]() Ustiga tayyor achitqini solib, yana aralashtiramiz. 5 ![]() Taxminan 0,5 kg unni solib, yumshoq va qayishqoq xamir qoramiz. Uni qopqoqli idishga solib, sochiqqa o‘rab, issiq joyga taxminan 30 daqiqa qo‘yamiz. 6 ![]() Xamir boshlang‘ich hajmidan taxminan ikki barobar kattalashishi kerak. 7 ![]() Oshgan xamirni yoyib, ustiga eritilgan margarinni suramiz. 8 ![]() Xamirni dastlab uzunchoq qilib, so‘ng doira shaklida o‘raymiz. Uni yana qopqoqli idishga solib, sochiq bilan o‘rab, issiq joyga qo‘yamiz. 9.1 ![]() 9.230 daqiqadan so‘ng yana ko‘tarilgan xamirni olib, yoyamiz. Va markazdan chetiga qarab uchburchak shaklida tasmalar kesib chiqamiz. 10 ![]() Cho‘pidan tozalanib, suvda yaxshilab yuvilgan mayizni xamir bo‘laklariga solib chiqamiz. 11 $IMAGE11$ Xamirni keng qismidan ingichga tomoniga qarata o‘rab chiqamiz. O‘rash jarayonida xamirni cho‘zish lozim. 12 ![]() Rogaliklarni listga joylab, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 30 daqiqa davomida pishiramiz. 13 ![]() Rogalik pishgunicha, shakarli qiyomni tayyorlab olamiz. Buning uchun idishga 0,5 piyola shakar va 1 piyola suv solib, sal quyilgunicha aralashtirib qaynatamiz. 14 ![]() Pishiriq tayyor bo‘lgach, hali issiq paytida qiyomga botirib olamiz. 15 ![]() Oshirma xamirdan rogaligimiz tayyor. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 1734 | | |
Всего комментариев: 0 | |