"NAPALEON" torti
Assalom aleykum Forumdoshlar va saytimiz mehmonlar! Bugun sizgalar "napaleon" tortini yana bir usullini tayyorlashni o'rgataman. Receptni bu yerdan olgaman Mansurbeka kattakon raxmat aytaman! Bizaga juda ham yoqti, tayyorlash qiyin emas, zavqli desa ham bo'ladi, mazzasiga esa gap yo'q!!!
Tayyorlab ko'ring afsuslanmaysiz in shaa Allah!!!

Masalliqlar:

* 500 gr margarin

* 500gr un

* 1 dona tuxum

* 125 ml suv

* 1 osh qoshiq uksus

* 1 choy qoshiq soda

* chimdim tuz

Kremiga:

* 300 gr saryoq

* 1,5 bonka quyutilgan sut (sgushenka)

Aslida receptda zavarnoy krem edi man sgushenkalik qildim, hohishingizga qarab qilaverasiz.

Tayyorlash:

Magarinni qirg'ichdan o'tqazib un bilan qo'lda uvalaymiz. boshqa idishga suv, tuz, tuhum, uksusda o'ldirilgan sodani solib biraz atalab olamiz, va uni mazzaga solib hamir qorib olamiz. hamir yumshoq bo'ladi.

Hamirni unlab 8 ta teng zuvalaga bo'lamiz, har birini yana unlab turamiz chunki hamir yumshoq bo'ladi. har bir zuvalani yoyib konvert shaklida tahlaymiz, va 2 marotabadan ham bir zuvalachalarni tahlab chiqamiz, va ustini yopib yaxlatgichga (morozilkaga) 40minutga qoldiramiz, yoki kechasiga muzlatgichda qolishi mumkun.

Yaxlatkichdan olib yoyib vilkada teshib chiqib, ustiga forma qoyib kesib chiqamiz, atrofda qolgan hamirini tegmaymiz, pishaversin (ustiga uvalab sepish uchun), so'ng gaz listida (men gaz listini orqa tarafida pishiraman) korjlarni pishirib olamiz, har biriga 7-8 minut ketadi.

Hamma korjlar tayyor bo'lganda , sovugada kremlab chiqamiz, va atrofidan chiqanlaini ustiga uvalab sepamiz. tortli 1-2 soatga muzlatgichga qoygan maqul kremlari qotishi uchun. Va yoqimli ishtaxa!!!






Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (04.02.2017)
Просмотров: 2055 | Теги: torti, Napaleon | Рейтинг: 2.3/37
Всего комментариев: 0