Hikmatli latifalar
Bir kishi mashhur turk shoiri Mahmad Akif Ersoyni mazax qilmoqchi bo‘libdi:
-Afandim, siz mol do‘xtirligini bitirgan edingiz-a?
-Ha, bir yering og‘riyaptimi?!

***

Bir olim g‘iybatchiga debdi:
-Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si kamaydi, ammo bu to‘kilgan obro‘ senikiga kelib qo‘shilmaydi-ku!

***

Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:
-Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!
-Yo‘q, – debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.
-Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:
-Nafs mening o‘ulim, sen esa nafsning qulisan!..

***

O’qituvchi:
-Inson odamsimon maymundan paydo bo‘lgan.
O’quvchi o‘qituvchiga ishorat qilib past ovozda:
-Ba’zilari odamsimon eshakdan.

***

Dunyoda hech qanday dalil qolmagan taqdirda ham, bir mikrobning hayoti Allohni anglash va anglatish uchun yetarlidir.
PASTERNAK.

***

Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo hech kimga tegmaydi.
Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay o‘tib ketaveribdilar.

***

Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.
-Yur, jome’ga – dedim. – Bugun jum’a!
-Masjidga bormasligimni bilasan-ku, – dedi.
-Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!
-Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman… arzimaydi…
Kulgim qistadi.
-Hazillashyapsanmi?
-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!
Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi…
Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:
-Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi.

***

Saljuq sultonlaridan biri, mavlono Jaloliddin Rumiyni ziyorat qilib, gap asnosida saltanatlari orasidagi farqni so‘rabdi.
-Sening saltanating, to ko‘zing ochiq turgan muddatgacha davom etadi. Meniki esa ko‘zim yumilganidan keyin boshlanadi, – debdi mavlono.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (31.01.2017)
Просмотров: 2791 | Теги: Hikmatli, LATIFALAR | Рейтинг: 1.7/22
Всего комментариев: 0