«Kim ruxsat berdi» (Latifalar)
Аvtoxalokatga uchragan yoshgina yigitchani soʼroq qilib, inspektorlar bayonnoma rasmiylashtirmoqda edilar:

-«Sizni mast xolda rulga oʼtirishingiz — yoʼl xarakati qonun-qoidalariga mutlaqo zid ekanligini bilasizmi? Bunga qanday yoʼl qoʼydingiz? Mast xolatda rulga oʼtirishga kim sizga ruxsat berdi?!…».

-«Otam!».

-«Nima, otangiz xam sizga oʼxshab axmoqmidi?».

-«Yoʼq, axmoq emas, u xam mast edi!»…

«Turmushga chiqqan dugonaning gaplari…»

Ikki sevishganlar uchrashuvga chiqib, oʼzaro suxbatlashib oʼtirardilar. Yigit osmonga qoʼllarini choʼzib, shunday debdi:

-«Аzizim, men sizga xov anovi oyni olib beraymi yoki narigi yonidagi charaqlagan yulduznimi?».

Qiz xayajondan entikib, debdi:

-«Qoʼying, ovora boʼlib nima qilasiz!…Xa, aytmoqchi, oʼsha oy-yulduzlarni toʼyimizdan keyin xam aytsam, olib berarmidingiz?».

-«Bilasizmi, toʼydan keyin oila-roʼzgʼor deganday, bu narsalarga vaqt boʼlmasa kerak. Qolaversa, bu oy-yulduzlar bizdan boshqalar uchun xam kerak-ku, axir! Yoki gaplarimga xafa boʼldingizmi?…»

-«E,yoʼgʼe, men shunchaki dugonamni gaplarini bir….. «

-«Qaysi, anavi turmushga chiqqan dugonangizning gaplarinimi?…»

«Biror falokatni boshlagani aniq»

Nasriddin Аfandining turmush oʼrtogʼi uyda bir oʼzi televizor koʼrib oʼtirib, undagi axloq-odob mavzusidagi dasturlardan ruxlanib ketib, Аfandiga telefon qilibdi:

-«Dadasi, toʼgʼrisini ayting, siz meni yaxshi koʼrasizmi?».

-«Xa, albatta onajonisi, Tinchlikmi, axir? Biror bir kattaroq narsa xarid qildingmi? Yo kattaroq pul…».

-«E-e, qoʼysangizchi dadasi, oʼzim shunchaki…».

-«Xoziroq uyga boraymi, onajonisi?».

-«Xa, mayli…agar…xaligi…».

Nasriddin Аfandi shu zaxotiyoq oʼgʼliga telefon qilibdi:

-«Oʼgʼlim, qaerda boʼlsang xam, tezda uyga yetib kel. Men xam xozir yetib boraman. Onang yo mashinani urib olgan yoki boshqa biror bir falokatni boshlagani aniq!…»
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 679 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0