Gul va bulbul (Latifa)
Bir kuni Nasriddin Аfandining uyiga sovchilar kelishibdi. Uning boʼyiga yetib qolgan qizi boʼlib, aqlli, esli-xushli boʼlib voyaga yetgan ekan. Lekin Аfandi kelgan sovchilarni xam, ularning arzanda, tanbal oʼgʼillarini xam yaxshi tanir ekan. Shuning uchun taomilga koʼra, odob saqlab, avval indamaygina qoʼl qovushtirib turibdi. Kelgan sovchilardan biri shoir tabiatroq ekan, oʼzini «ettinchi osmonda» sezib, quyidagi misralarni oʼqibdi:

Bizda bulbul bor ekan,

Sizda bir gul bor ekan.

Olmasangiz koʼngilga,

Bulbul qoʼnsin shu gulga!…

Shundan keyin, Nasriddin Аfandi xam boʼsh kelmay, ularga darrov quyidagicha sheʼrni oʼqib, uzil-kesil javob qilgan ekan:

Sizga aytsam men dangal,

Boʼlmay tortishuv, janjal,

Qanday kelgan boʼlsalar,

Xuddi shunday qaytsalar.

Qizim xali yosh juda,

Vaqt oʼtkazmay bexuda,

Rejalari bir talay,

Orzu beayb xar qalay.

Qoʼlga beray tugunni,

Va unuting bugunni!…
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 492 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0