Xanjar qadashsa (Latifa)
Bir kuni Nasriddin Afandi eshagini minib, yarim tunda uzoq qishloqdagi qarindoshinikidan to‘ydan qaytayotgan ekan. Xilvatroq. kimsasiz joylarga kelganda, bir to‘da qaroqchilarga ro‘para kelibdi. Shunda Nasriddin Afandi shoshganidan shartta eshagining tagiga emaklab kirib olib, o‘sha yerda jimgina turaberibdi. Qaroqchilardan biri unga engashib, xanjarini bo‘g‘ziga tirab, so‘rabdi:

— Xoy. kimsan, eshakni ostida nima qilib turibsan?

— Men xo‘tikman — debdi Nasriddin Afandi.

— Iye, juda qiziq bo‘ldiku, xo‘tik xam xech zamonda odamga o‘xshab gapirib yuborar ekanmi?

— Agar seni xam bo‘g‘zingga yarim qulochli xanjarni qadashsa, gapirish u yoqda tursin, xatto xangrab yuborarding! — deb javob qilibdi Nasriddin Afandi.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 502 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0