Latifa (Olib qochish…)
Ikki dugona uchrashib qolib, o‘zaro suxbatlashib qolibdilar. Dugonalar bir necha yillardan beri ko‘rishmagan ekanlar. Ulardan biri dugonasidan so‘rabdi:

— Dugonajon, sen o‘sha yigitinga turmushga chiqdingmi?

— Xa, bo‘lmasamchi. U meni shunaqangi moxirona olib qochdiki, akalarim, yaqinlarim uni quvlab yetisholmadi, qidirib topisholmadi. Xullas, xech kim unga bas kelolmadi. Mana qarabsanki, to‘yimiz xam bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, o‘zingdan gapir, seni xam yigiting bor edi-ku…

— E, asti so‘rama — javob qilibdi dugonasi xursinib.

— Axir uni senda ko‘ngli bor edi, o‘zing o‘shanda bizga u seni olib qochmoqchi bo‘layotganini aytganding?

— Xamma gap shunda-da! U meni olib qochish o‘rniga nuqul «gap»ni olib qochdi-da, dugonajon!
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 510 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0