Latifa (Dengiz suvi va baliqlar…)
Kunlardan bir kuni o‘g‘li otasidan so‘rabdi:

— Dada, dengizni suvi sho‘rmi?

— Xa, sho‘r bo‘ladi?

— Dengizda baliqlar xam yashaydimi?

— Yashaganda qandoq!…

— Nega bo‘lmasa, kecha onam siz olib kelgan baliqlarni pishirganda ularga tuz soldi. Axir ular sho‘r suv ichida yashaganku?…

Ota o‘g‘liga nima deb tushuntirishga xayron bo‘lib, ensasi qotibdi. Keyin, o‘ylab-o‘ylab, oxiri misol keltirib tushuntirmoqchi bo‘libdi:

— Mana o‘g‘lim, diqqat bilan quloq sol. Qo‘shnimiz Valya xolang onang ikkovi zavodda ishlashadi, to‘g‘rimi? U yerda, zavodda esa minglab erkaklar xam ishlashadi. Lekin baribir Valya xolangni turmush o‘rtog‘i yo‘q. Demak, zavod — bu dengiz bo‘lsa. erkaklar — dengizdagi sho‘r suv deb faraz qilsak, Valya xolang o‘sha dengizdagi baliq xisoblanadi. Ko‘rdingmi, Valya xolang baribir o‘sha sho‘r suvsiz, bir o‘zi, ya’ni turmush o‘rtog‘isiz xayot kechirmoqda va bunga o‘rganib xam qolgan. Bozor — ucharni xam, barcha uy yumushlarini xam o‘zi bajaradi, to‘g‘rimi?

— Xa, endi tushundim! — debdi o‘g‘li mamnun xolda.

Oradan bir necha kun o‘tib, otasi uzoq shaxarga xizmat safariga jo‘nabdi. Ikki kundan keyin unga o‘g‘lidan SMS kelibdi:

«Dada, axvol chatoq! Dengizda to‘fon ko‘tarilgan. Dengiz suvlari toshib, Valya xolamni va bizning uyimizga dengizning sho‘r suvi bostirib kirdi»
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 389 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0