Bir podshox she'r yozibdi
Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga
o`qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat
Afandi jim turganmish. Podshoh:
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni
eshitmaganman, - debdi. Podshohni jahli chiqib, zindonga
tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini
shohni yoniga olib borishibti. Podsho
yangi she’rni o`qib berib, — Qalay
chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan
o`girilib ketayotganmish. Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (08.02.2018)
Просмотров: 2092 | Теги: Afandi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0