Afandi bir kuni qo`shnisidan qozon so`rab chiqibdi
Afandi bir kuni qo`shnisidan qozon so`rab chiqibdi. Oradan bir hafta o`tgach, qozonni ikkita qilib olib chiqibdi. Qo`shnisi hayron bo`lib: — Nega ikkita qozon olib chiqdingiz?, - debdi. Afandi esa javob beribdi: — Qozoningiz homilador ekan, tug`di. — Qozon kerak bo`lsa tez-tez so`rab turing, - debdi qozonning egasi. Oradan bir necha kun o`tib, afandi o`sha qo`shnisidan katta doshqozon so`rab chiqibdi. Qo`shnisi darrov berdi. Oradan bir hafta o`tibdi, o`n kun o`tibdi, bir oy o`tibdi. Afandi esa hanuz qozonni qaytarmasmush. Qo`shnisi o`zi qozonni so`rab chiqibdi. Afandi qo`shnisiga homush qarab: — Qozoning betob ekan. Qazo qildi, - debdi. — Qanaqasiga qozon betob bo`lsin?, - deb baqiribdi qo`shni, - hech jahonda qozon ham o`ladimi? — Qozoning tuqqaniga ishonasanu, o`lganiga ishonmaysanmi?, - dyebdi afandi. | |
| |
Просмотров: 1366 | |
Всего комментариев: 0 | |