Bir kuni Afandinikiga yon qo`shnisi kirib qolibdi
Bir kuni Afandinikiga yon qo`shnisi kirib qolibdi. Afandi: — E, keling, keling qo`shni. Qo`shni: — Keldik qo`shni. — Tinchlikmi o`zi? Kecha tunda "gurs-s-s" etgan ovoz eshitildi. Afandi: — Ha umi kecha tomda yotgandim, choponim pastga tushib ketdi. Qo`shni: — E, qo`ying-e, chopon tushib ketsa bunchalik ovoz chiqmaydi-ku. Afandi: — Gap shundaki, shu choponning ichida o`zim ham bor edim-da, - dermish. | |
| |
Просмотров: 1313 | |
Всего комментариев: 0 | |