Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar
Bekorchidan xudo bezor.

***

Gap desang, qop-qop,
Ish desang – betob.

***

Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan,

Mehnat qilsang, davron surasan.

***

Jon kuydirmasang, jonona qayda,

Toqqa chiqmasang, do‘lona qayda.

***

Intilganga tole yor.

***

Yigit husni – mehnatda.

***

Yo‘l yurgan xazinaga yo‘liqar.

***

Ketmon chopmoq – olmoq-solmoq,

Qo‘sh haydamoq – bormoq-kelmoq,

O‘roq o‘rmoq – o‘ynamoq,

Hay-hay ishning eng og‘iri,

Xamir qilmoq, non yopmoq.

***

Qaziybersang, tog’ ham qular.

***

Quldek ishla,

Bekdek tishla.

***

Qush qanoti bilan tirik,

Odam – mehnati bilan.

***

Yotib yeganga tog’ chidamas.

***

Zavqsiz ish – shavqsiz ish.
Категория: Foydali maqolar | Добавил: MILLIONER (29.01.2017)
Просмотров: 1508 | Теги: Mehnatsevarlik, haqida maqollar, VA, ishyoqmaslik | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0