Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar
Bekorchidan xudo bezor. *** Gap desang, qop-qop, Ish desang – betob. *** Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan, Mehnat qilsang, davron surasan. *** Jon kuydirmasang, jonona qayda, Toqqa chiqmasang, do‘lona qayda. *** Intilganga tole yor. *** Yigit husni – mehnatda. *** Yo‘l yurgan xazinaga yo‘liqar. *** Ketmon chopmoq – olmoq-solmoq, Qo‘sh haydamoq – bormoq-kelmoq, O‘roq o‘rmoq – o‘ynamoq, Hay-hay ishning eng og‘iri, Xamir qilmoq, non yopmoq. *** Qaziybersang, tog’ ham qular. *** Quldek ishla, Bekdek tishla. *** Qush qanoti bilan tirik, Odam – mehnati bilan. *** Yotib yeganga tog’ chidamas. *** Zavqsiz ish – shavqsiz ish. | |
| |
Просмотров: 1486 | | |
Всего комментариев: 0 | |