Botirlik va qo‘rqoqlik haqida maqollar
Arslon izidan qaytmas,

Yigit – so‘zidan.

***

Bir boshga – bir o‘lim.

***

Botir o‘lsa, nomi qolar,

Nomard o‘lsa, nimasi qolar.

***

Bo‘ridan qo‘rqqan ovga chiqmas,

Ilondan qo‘rqqan suvga tushmas.

***

Vahm tubi – dengiz,

Botasan-da, ketasan.

Tavakkal tubi – yel qayiq,

O‘tasan-da ketasan.

***

Yov qochsa, botir ko‘payar.

***

Ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir.

***

Ko‘p qayg‘urdim, sil bo‘ldim,

Ko‘p yalindim, qul bo‘ldim.

***

Tiz cho‘kib yashaguncha,

Tik turib o‘lgan yaxshi.

***

Tilingni botir qilma,

O‘zingni botir qil.

***

Tog‘ni baland dema,

Talab qilsang, chiqasan.

Yovni kuchli dema,

G‘ayrat qilsang, yiqasan.

***

Sher izini it bosmas.

***

Sherning urg‘ochisi ham sher.

***

Yuz qo‘rqoqdan bir botir afzal.

***

Qo‘rqoq ot o‘z soyasidan hurkar.

***

Qo‘rqoqqa sichqonning ini – ming tanga.

***

Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar.
Категория: Foydali maqolar | Добавил: MILLIONER (29.01.2017)
Просмотров: 1089 | Теги: haqida maqollar, Botirlik va qo‘rqoqlik | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0