Beshigimni quchoqlab yotgan
Beshigimni quchoqlab yotgan
Shirin-shirin allalar aytgan
Sabo yanglig o’pib uyg'otgan
Onajonim, sizga to’ymadim!

Siz ketdingiz, manzil- lomakon
Hamma ketar, ketar begumon
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to’ymadim!

Yo’lingizda ko’zlarim qoldi
Aytilmagan so’zlarim qoldi
Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi
Onajonim, sizga to’ymadim!

Der edingiz: “Ona qo’rg'oshin
Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing
Toshdan bo'lsin derdingiz boshing
Onajonim, sizga to’ymadim!

Orzulagan kunlariz keldi
Siz aytgan ul qut fayz keldi
Lek tilim lol dil ma'yus keldi
Onajonim, sizga toymadim

Yashayapman yaxshi yo yomon
Boshga tushsa ko’narkan inson
Mehringizga tashna bo'ldi jon
Onajonim, sizga to’ymadim!

Umid birlan yashaydi banda
Eh, ochilib bu sirli parda
Ko’rishtirsin endi mahsharda
Onajonim, sizga to’ymadim!
***
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1092 | Рейтинг: 1.0/11
Всего комментариев: 0