Yosin o'g'li
Sen hayotlik chog’ida ota – onangni rozi qil,
Dunyodan o’tgach ular, so’ngra pushaymon aylama.
Olmading ko’nglin alarning, sen hayotlik chog’ida,
Endi afsus,nadomat,ohu afg’on aylama.

Intizor bo’lib kutardi, kelishing mushfiq onang,
Ko’rmoqqa vaqt topmading, endi armon aylama.
Qarisak boqqay debon, sendan umidvor erdilar,
Bir kelib hol so’rmadingku, endi giryon aylama.

Bor erdi imkon qo’lingda, ko’ngillarin shod etgali,
Qilmading rozi alarni, endi armon aylama.
Gar rizo qilsang alarni, bo’lg’ay edi Olloh rizo,
Rozilik so’rma Egamdin chashmi giryon aylama.

Bebaho bo’lgan duolarga xaridor bo’lmading,
Baxt bilan omadni endi,sen umidin aylama.
Bir ro’mol birlan choponga ota – oangnni olmading,
Go’riga marmar qo’yib,soxta saxovat aylama.

Ba’zi farzandlar kabi, xaizmatlarin sen qilmading,
Boy berib qo’yding bu imkonni, nadomat aylama.
To’rtta issiq non bilan ota – oangnni yo’qlamay,
O’lganida doshqozon osibon, riyoni sen aylama.

Bormi dunyoda ota birla onadek, mehribon,
Bilmading qadrin ularni, endi oh – voh aylama.
Qilmading hurmat va izzat ota birla onaga,
Endi sen ham hurmatu xizmatni orzu aylama.

Bor jahonda baxtiyor hurmatda bo’lgan zotlar,
Bil rizo qilgan otasin, sen hasratlar aylama.
Fozilo ota – onangning ruhini shod aylagin,
Hech qachon ota – onang ruhini muhtoj aylama
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1071 | Рейтинг: 1.0/23
Всего комментариев: 0