Sendan o’zga mehribonni ko’rmadim,
Sendan o’zga mehribonni ko’rmadim, Sensiz yorug’ bu jahonni ko’rmadim, Sendan buyuk or-vijdonni ko’rmadim, Sensiz to’kis yer-osmonni ko’rmadim, Bugun yana yodga tushgan onam Ko’rishamiz, bolam, qiyomatda deb, Yig’layverma, bo’tam, nadomatda deb, Sen yakkasan, yasha diyonatda deb, Umring o’tkaz halol, ibodatda deb, Bildirmasdan mendan qochgan onam Ulushing bor dasturxonda, o’zing yo’q, Ko’z oldimda surating bor, so’zing yo’q, Ko’zlarimga qarab turgan ko’zing yo’q, Yig’lamagan o’g’ling hamda qizing yo’q, Ro’zg’orimda shamday o’chgan onam Ertayu kech o’gitlaring tilimda, Hasratlaring ko’zimdagi selimda, Ko’pga qilgan onaliging elimda, Sen bog’lagan shohi belbog’ belimda, Kelmaslikka qushday uchgan onam Sendan qolgan uyni obod ayladim, Suting haqqi, ruhingni shod ayladim, G’arib edim, o’zni kushod ayladim Yolg’izingni uch pahlavon ayladim, Yurtga uchta o’g’il qo’shgan onam Ko’rganingda bo’lar edi – shu alam, Dunyo ishi shundoq ekan, biri kam, Shu boisdan yig’lab o’tar el-olam, Armonlaring mana men tutgan qalam Shoir bo’lib qaynab-jo’shgan onam . Yaratgansan piri imonim bo’lib, Qaratgansan tabib insonim bo’lib, Yayratgansan bog’u bo’stonim bo’lib, Sayratgansan ulug’ Turonim bo’lib, O’zbekiston kabi quchgan onam | |
| |
Просмотров: 1092 | |
Всего комментариев: 0 | |