Tushimga kirdi onam.
Tushimga kirdi onam:
Hassasiga tayanib
Ostonada turibdi.

Sochlari oppoq, tol-tol,
Va boqadi jovdirab
Bir xavotir ko’ribdi.

Kiygan libosi g’arib,
Indolmayman, zabon yo’q,
Tilim qaqshab, quribdi.

Qo’lingni och, der shu dam,
Qo’ynig’imga yashirdim
Bilmam nedir beribdi.

So’ngra alqadi rosa,
Yana bir razm solsam,
Hovlimizda yuribdi.

Cho’chib turdim, bolish nam,
Ko’zlarimda achchiq yosh,
Yurak bejo uribdi.

Qabriga bordim tongda,
Atirgulga suv quydim
Bitta bargi quribdi.

Kechiring, deb yolvorib,
Sag’anaga tikilsam,
Mangulik o’y suribdi.
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1167 | Рейтинг: 1.0/10
Всего комментариев: 0