Ona Ruhi
Onam o’lgan. Bo’ldi necha yil. Hayotimning shami-ku so’ngan. Chidab keldim, ohkim, sag’ir dil, Hijron g’ami yurakda to’ngan. Mozoriga boraman gohi, Tiz cho’kaman, tizzamda titroq. Eshitmas u o’g’lining ohin, Oramizda so’ngi yo’q qirg’oq. Poyiga oq gullar qo’yaman, Ko’nglim ko’tarilar tog’larday. O, mehriga qachon to’yaman, Onam edi to’kin bog’larday Peshonamni silagan u qo’l, Tirikmanki, chiqmas esimdan. Men onamsiz bosdim qancha yo’l, Bolalarim kelar izimdan. Tonglarimni yoritar u nur, Men-la yashar o’sha ulug’ ruh. Onajonim, ming bora shukur, Mening baxtim, Siz buyuk shukuh Onam o’tgan. Bo’ldi necha yil, Hayotimning shami-ku so’ngan. Uni qo’msar yetim shoir dil, Hijron dardi ko’ngilda to’ngan. | |
| |
Просмотров: 1175 | |
Всего комментариев: 0 | |