Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1199 | Рейтинг: 1.0/11
Всего комментариев: 0