Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Qo’llariga suv quymadim saharlarda,
Shoir bo’lgin,qizim deya jo’natuvdi,
Lek she’rlarim qolib ketdi daftarlarda.

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Umrim berdim vafosi yo’q go’zallarga,
U-chi borliq yoshligini menga berdi,
Endi bir tish topolmaydi gavharlarga.

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Bir boychechak keltirmadim bahorlarda,
Men qiz bo’lib ko’ylagini bir yuvmadim,
Lek qoldirdim uni hijron-zaharlarda.

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Bir kuyuk non izin quvdim nahorlarda
Bir ko’rayin deya meni yo’qlaganda,
Dedim: “Vaqt yo’q, kuting boshqa safarlarda

Bu savlatlar kimga kerak, bu davlatlar,
Ul hashamning border bir kun hasratlari,
Do’stlar ayting, bu yer qanday ko’taradi,
Onasini zor qilganda farzandlari?!

Yuragimni almashtirdim shaharlarga,
Duo qilgin, ona, meni saharlarda.
Oyog’ingga oyoq bo’lay, qo’lingga qo’l,
Axir seni topolmasman gavharlarga
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 981 | Рейтинг: 1.2/16
Всего комментариев: 0