Suratingiz bo'ldi parvona.
Monrealning sovuq tunida
Sizni qo'msab yig'ladim ona.
Begona yurt sovuq qo'ynida
Suratingiz bo'ldi parvona.

Onajonim, sizni keladi ko'rgim
Sizni chaqiraman alahlab tushda.
Bag'ringiz hidiga keladi to'ygim,
Uchib borolsaydim bir zumda qushdek.

Qush qanotlarini menga bersaydi
Olis Toshkentimga uchib ketardim.
Barcha tushlarimchi, o'ngidan kelsa,
Ettinchi osmonga bahtdan yetardim.

Sizni ko'p o'ylayman sovuq tunlari
Ko'zimdan o'tadi bir-bir yoshligim.
Hafa qilganlarim, dil ozorlarim,
Ahmoqlik sababi-bag'ritoshligim...

Qaltirib teraman uyim raqamin.
Go'shak ko'taradi sog'ingan onam.
Hol-ahvol so'rayman. Qarindosh-urug'
Hammasi salomat deb aytar onam.

Bir sukut saqlayman labimni tishlab,
Ko'zlarimdan oqar qatra-qatra yosh.
Onam gapiradi: "Bir so'z ayt, bolam.
Seni o'ylamagan kunim yo`q, bolam.

Bugun ketganingga bo'ldi uch yuz kun,
Kelishingga qoldi atigi uch kun.
Yuragim hamriqib seni kutadi.
Duolab chiqarman, yolg'izim, har tun.

Umring uzoq bo'lsin, deb yig'lar onam.
Mening qo'shilishib yig'lagim kelar.
Jonim onam bilan, bu murda tanam
Goh-gohi yig'idan silkinib ketar.

Ikki minut qoldi, deyman baqirib,
Jonholatda onam derlar hapqirib:
Allohim umringni ziyoda qilsin,
Peshonangdan ming bor o'pib qolarman.

Yana uvvos solib yig'i boshlayman.
Bu gal ham aytmadim, men ahmoq farzand:
Sizni olamlardan aziz ko'raman
Sizdan hayotim chun umrbod qarzman.

Yana uch kun qoldi sizni ko'rishga
Yana uch kun berdi Alloh sinovga
Uch kunlik sog'inchim, onajonginam
Uch asrlik bo'lib tuyular menga...
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1018 | Рейтинг: 1.0/12
Всего комментариев: 0