Yelkangiz o'parkan quyosh ham botar,
Yelkangiz o'parkan quyosh ham botar,
Qarshilab barchani bir-bir uyg'ota,
Bolangiz ko'ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada bo'ston vahmida
E'zozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
O'zin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi g'unchadek so'lgan,
Og'ir sinovlarda ne bo'lsa-bo'lgan...
Yuzi qayg'ursa-da, ko'zlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lug'ati yo'q yig'lab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yig'lagan tushda
Yillarga ulg'aygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qo'shig'im aytdim,
Qadringizni o'ylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan bo'lsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1666 | Рейтинг: 1.8/10
Всего комментариев: 0