ONAJON - Haydar Yahyoyev g'azali
Onajon, noming dilimda, jism aro tanho o'sha,
Shafqaring bitmas xazina, menga ming tillo o'sha,
Har nafas mehring bulog'i toshsa bir dunyo o'sha,
Ko'z ochib ko'rdim o'zingni, menga bir dunyo o'sha,
Onajon, ka'bam o'zing, sensiz jahonni na qilay,
Tanda mehring yonmasa, behuda jonni na qilay!

Tark etib oromu sabring, menga baxt berding mudom,
Ham jigarporam deya, chekding alamlar subhu shom.
Toza qalbing bo'ldi qancha - qancha qayg'ularga jom,
Sendan o'rgandim buyuk imlo bila shirin kalom,
Onajon, ka'bam o'zing, sensiz jahonni na qilay,
Etmasa nomingni yod - o'tkir zabonni na qilay!

Mehribon, mushfiq, murabbiy, buncha beozorsan,
Jonajon, munis, azizim, shodligimga yorsan,
Xasta bo'lsam, jonga darmon, har safar bedorsan,
Gar yiroq ketsam, tunu kun izlarimga zorsan,
Onajon, Yahyo dedi: sensiz jahonni na qilay,
Bo'lmasang boshimda sen, bu oshyonni na qilay
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 1834 | Рейтинг: 2.1/7
Всего комментариев: 0