ASSALOM, MEHRIBON....
Assalom, mehribon, mehridaryo dil,
Ovozlari mayin, beg‘ubor ko‘ngil,
Sog‘inchdan ko‘ngilga sig‘mayapti qil,
Tushingizga kirgim keldi, onajon.

Yoningizdan jilmay, quvonchga to‘lib
Dunyolarga sig‘may, qiyqirib, kulib,
Biz zumga bo‘lsa-da, yosh bola bo‘lib
Orqangizdan yurgim keldi, onajon.

Aytar gaplarim ham ko‘pdan ziyoda,
Yig‘lolmasdan yoshlar ichimda shoda.
Qo‘ng‘iroq qilibmas, bugun ro‘yoda,
Holingizni so‘rgim keldi, onajon

Ichim jimirlaydi, xavotir tinmas,
Bemehr o‘g‘lingiz qadringiz bilmas,
Har kun tavof aylab, rasmingiznimas,
O‘zingizni ko‘rgim keldi, onajon.

Tunlar uxlolmasdan halak bu jonim,
Mehringizni qo‘msab bir zumga tindi.
Qo‘llari duoda - jon Onajonim,
Shu kecha men Sizni juda sog‘indim.
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 3173 | Рейтинг: 1.0/31
Всего комментариев: 0