Nega homush turibsan
Nega homush turibsan,
Shukur qil bu " shoda"ga.
Ekkaningni o'ribsan,
Qiz mehribon otaga.

Chaqirsang labbay deydi,
Yoninga chopay deydi.
Ko'nglingni topay deydi,
Qiz mehribon otaga.

Bersang yahshi tarbiya,
U Zulayho, Zulfiya,
Jannatga pilapoya,
Qiz mehribon otaga.

O'g'il quvat belinga,
Lek chidolmas fe'linga.
Kuning qolar kelinga,
Qiz mehribon otaga.
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (03.03.2017)
Просмотров: 1353 | Рейтинг: 2.7/12
Всего комментариев: 0