Tug‘ilgan kun uchun SMS tabriklar — matn (Do‘stga)
Qadrli do‘stim! Barcha ezgu orzu-istaklaring ro‘yobga chiqsin! Xayot so‘qmoqlarida adashmagin! Yutuqlaringni qadriga yetishni o‘rgan! Xayotning baxtli laxzalarini xis et! Ayyom muborak, do‘stim!

Tavallud qutlug‘ bo‘lsin, qadrdon do‘stim! Muvaffaqqiyat dovonlarini egalla! Kelajakda dono, qo‘rqmas va xaqiqatparvar insonga aylan! O‘z «baxting»ga ega bo‘l!

Tavallud muborak, qiyomatli do‘stim! Xayotingda g‘am-g‘ussa va xafagarchilik bo‘lmasin! Qalbingda ko‘tarinki kayfiyat xukmron bo‘lsin! Yaqinlaringni qadrla!

Qadrdon do‘stim! Tavallud ayyoming muborak! Yaxshi niyat-maqsadlaring ijobat bo‘lsin! Chexrangda kulgu arimasin! Xayot so‘qmoqlarida zabardast inson bo‘lib qol!

Qadrdon do‘stimiz! Tavallud kuning bilan!Dorilomon xayot, to‘kin-sochinlik nasib etsin! Paxlavon, mard, jasur insonlar qatorida qol! Omad seni aslo chetlab o‘tmasin!
Категория: SMS Tabrik sherlar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 3695 | Теги: tabriklar | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0