Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh (Zulfiya she'ri)
Sog'inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo'l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog' men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg'iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.

Ko'kda mening boshimda turib,
Go'yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to'kdi yoshini duv-duv.

Biz yig'ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko'tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor onlar
Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh?
Категория: SMS Sog'inch sherlar | Добавил: MILLIONER (29.03.2017)
Просмотров: 1831 | Рейтинг: 1.5/15
Всего комментариев: 0