Qaylardan izlayin izlaringizni
Daydi sabolarga dardimni aytib,
Umrga yetgulik xato qilibman.
Birgina izhordan bir so'zdan qaytib,
Dardisar yurakni tig'iz tilibman!
Ohu zoringizni jim tinglar edim,
Siz ilg'amadingiz yurakda borim.
Men sizni hayotim bor-yo'g'im derdim,
Hayoga berkingan edi izhorim!
Ketdingiz yurakni qattiq qaqshatib,
Bugun sog'inibman so'zlaringizni.
O, mening hayotga berkingan sevgim,
Qaylardan izlayin izlaringizni!
Категория: SMS Sog'inch sherlar | Добавил: MILLIONER (29.03.2017)
Просмотров: 1234 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0