Majburlab uzatilgan qizlarga
Dunyoni tor qilmang ko'ziga Yosh to'ktirmang achchiq yuziga Eshiting nolasin tinglab so'ziga Majburlab uzatmang qizlaringizni. Sizda ko'ngil to'lar lek unda to'lmas Ko'nikar deysizu lekin ko'nolmas Chin sevgi o'lmagay hech unutolmas Majburlab uzatmang qizlaringizni. Varoqlab o'qinglar buyuk Quronni Ko'ngliga qara degan har bir insonni Qahriga qolmanglar qodir Ollohni Majburlab uzatmang qizlaringizni. Yuragi og'riydi qilib nolalar Baxtin to'kis qiling qilib duolar Iltimos Hurmatli Ota-Onalar Majburlab uzatmang qizlaringizni. Sevmasa boylik baxt berolmaydi ham Bir umr sevganin qumsaydi har dam Qo'g'irchoq emasku ular ham odam Majburlab uzatmang qizlaringizni. Deylik hop qizingiz majbur ko'nadi Lek hayoli boshqada yashab yuradi Suymasa er esa kunda uradi Majburlab uzatmang qizlaringizni. Siz uyda qolasiz qizingiz ketar Sevmagan yor bilan qandayin yashar Sizni deb bir umr yig'labla o'tar Majburlab uzatmang qizlaringizni. Biz boyku ularchi kambag'al demang Tengimiz emas deb yerga ham urmang Kun kelib o'zingiz afsusda qolmang Majburlab uzatmang qizlaringizni...! | |
| |
Просмотров: 2092 | | |
Всего комментариев: 0 | |