Meningday sevmagan boshqasi
Sizga baxt tilardim chin dildan,
Yuz burib ketardim, qisqasi.
Vidolar aytardim ko‘ngildan
Meningdek sevganda boshqasi.

Taqdirga tahsinlar aytardim,
Bor bo‘lsa shundayin tuhfasi.
Ko‘zimni ko‘zmunchoq qilardim
Meningdek kutganda boshqasi.

Poyondoz bo‘lmasdi o‘ylarim,
Qahringiz eritsa nafasi.
Orzuga yetardi bo‘ylarim
Meningdek o‘ylolsa boshqasi.

Tentakni tanimay bo‘lmaydi,
Bamisli toychoqning qashqasi.
Nimadan ko‘nglingiz to‘lmaydi?
Mendayin bo‘lolmas boshqasi.

Pok ishqqa talpinar yuragim
Bu fano dunyoning yo‘lkasi.
Xudoning yo‘lida sevmaydi
Boshqasi, boshqasi, boshaqasi…!
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (11.02.2018)
Просмотров: 2955 | Теги: Sevgi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0