Uchrashuv...
Biz uchrashdik, yo‘q, bizlar emas, Yolg‘on bilmas ko‘zlar uchrashdi. Chaqmoq chaqib o‘tdi bir nafas, Kul qoplagan hislar uchrashdi. Ikkimiz ham tobora yolg‘iz Odam to‘la bu tor bekatda. Sen – beparvo, qaraysan tez-tez Qo‘lingdagi pushti soatga. Men o‘ylayman: yo‘qmi xotirot Bu qizning tosh yuraklarida?! Barin ko‘mib yuborgan nahot Dorilfunun yo‘laklariga?! Biroq men ham befarqman go‘yo, Unutganday tutib o‘zimni, Iztirobim sezmagin deya Yashiraman sendan ko‘zimni. So‘ng birinchi kelib to‘xtagan Avtobusga chiqaman shoshib. Ketay deyman ko‘ksimga tikan Sanchayotgan hislardan qochib. Bir o‘y qiynar: menga bir zamon Baxtlar bergan bunday uchrashuv Nahot endi yog‘dirar armon, Nahot endi ulashar qayg‘u?! | |
| |
Просмотров: 1759 | |
Всего комментариев: 0 | |