Surnaylar chalinar, do'stlarim
Surnaylar chalinar, do'stlarim hurram. Sana'tkorlar to'lgan uyimga. Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam. Dabdaba shartmikan motam kunimga. To'yxona to'rida o'zga yor bilan. Ming afsus armonda o'tiribman men. Yurakda muzim-u yuzda qor bilan. Uch kishini o'ldiribman men. Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar. Bilmaydi jasadga erga tekkanin. Qalbimni ayamay azobda o'rtar. O'ylamay aytilgan sho'r va'dalarim. Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz. Men o'zim jallodman hammamiz uchun. Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz. Endi umrimizda harkun qorakun. Bugun to'yim emas- xayot vayrona. Qilmishga yarasha jazolanyapman. O'qilgan be o'xshov nikoxdan ko'ra. Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a? Kuyovlik libosim kafanlik kabi. Chimildiq men uchun qabriston endi. | |
| |
Просмотров: 965 | |
Всего комментариев: 0 | |