Zo'r sher
Quyoshsiz yashashga o’rganib qoldim, Ko’nikdi oyga ham shamstalab ko’zim. Sizga baht tiladim,siz esa- menga, Toqatlar tiladim o’zimga o’zim. Tasbeh ayta-ayta charchadi sog’inch, Sajdaga bosh qo’ydi toliqqan yurak. Shu dam azroyildek jon oldi hijron, Endi arvoh kabi kezadi tilak. Lekin men tirikman, xavotir olmang, Umid uzganim yo’q hayot gulimdan. Sizsiz yashamoqni o’rgandim,demak, Sizni sevmay yashash kelar qo’limdan. | |
| |
Просмотров: 1296 | |
Всего комментариев: 0 | |