O'zgasi
Hayot yo'lim etadi davom, Bevafo yor tashlab ketsa ham. Lek muhabbat so'nmadi hamon, U o'zgani tanlab ketsa ham! O'zga yorga ko'nglim ko'nmadi, Undan umid so'nib ketsa ham, Unga bo'lgan mehrim so'nmadi, U o'zgani tanlab ketsa ham! Yurak undan voz kecholmaydi, Voz kechishga ko'zi yetsa ham. O'zga yorni hech sevolmaydi, U o'zgani tanlab ketsa ham! Azoblarda qoldim bir o'zim, U bevafo quvnab yursa ham. O'zga yorni ko'rmaydi ko'zim, U o'zgani tanlab ketsa ham. | |
| |
Просмотров: 1016 | | |
Всего комментариев: 0 | |