Cho'ksam bosaverma buqadar
Cho’ksam bosaverar meni bu ga’mlar,
Cheksam sig’averar dunyoga oxim.
To’ksam kelaverar ko’zimga namlar,
Sen uni sog’inchga yor qil iloxim…

Bag’rini o’rtasin ishq degan tilsim,
Asl muxabbatning qadrini bilsin.
Barcha orzulari mustajob bo’lsin,
Unga ne istasa bor qil iloxim…

Kechir menga bergan sitamlarini,
Ketkaz yuragidan alamlarini.
Jam et bu dunyoning sanamlarini,
Sochlarin bo’yniga dor qil iloxim…

Xar laxza omadi qo’lida bo’lsin,
Tuganmas davlati yo’lida bo’lsin.
Do’stlari o’ngida, so’lida bo’lsin,
Uning g’animlarin xor qil iloxim…

Dildan qayg’ulari ketsin darbadar,
Shodlikdan ko’nglini osmonga ko’tar.
Sevilsin sochidan tirnog’i qadar,
Bir mening mexrimga zor qil iloxim…
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 969 | Теги: Cho'ksam bosaverma buqadar | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0