Menga keling ko'nglingizni qoplasa g'am
Menga keling ko'nglingizni qoplasa g'am.
Izlasangiz ko'ngli daryo dilkash hamdam.
Bag'ring giz qon kipringingiz bo'lganda nam
Sizga oyning chexrasini ko'rsataman
Yiglamasdan yashamoqni o'rgataman.

Menga keling sizni suygan do'st qolmasa
Yurakka nur baxsh etuvchi so'z qolmasa
Mexr bilan qaraguvchi ko'z qolmasa
Sizga mexr neligini ko'rsataman
Yig'lamasdan yashamoqni o'rgataman

Zumrat baxor go'zal misli yo'ldoshim
Boychechaklar g'ubori yo'q sirdoshim
Sho'x jilg'alar mening konglim beboshim
Sizga soflik neligini ko'rsataman
Aldanmasdan yashamoqni o'rgataman

Majnun jonim fido bo'lsin layloyimsiz
Bebosh erka yuragimda maftunimsiz
Bolamisol salga hafa mamnunimsiz
Shaydolikka vafolik ne ko'rsataman
Sizga sevib yashamoqni o'rgataman
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1059 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0