Orzular ham armon bo'larkan
Orzular ham armon bo'larkan
Ko'zlarga ham yoshlar to'larkan
Sen bir gul deb yasharkansanu
U gul o'zga bog'ni sevarkan

Umidlar ham oxir sunarkan
Inson ayriliqqa kunarkan
O'z bog'ingni yashnatgan guling
Bir kun boshqa bog'da unarkan

Bog'laring ham xazon bo'larkan
Alamlaring yoshlar yuvarkan
Bir kun kelib kungil berganing
O'zgasiga nasib qilarkan

Muxabbatdan azob qolarkan
Yuraginga qayg'u solarkan
Jonim jonim deb suyanganing
Bir kun kelib joning olarkan.
43-ishtirokchi omad
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 704 | Теги: Armon, bo'larkan, Ham, Orzular | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0