Mendan kechib kettingiza jonim oson.
Mendan kechib kettingiza jonim oson.
Mayli o'shal yoringizga chin yor bo'ling.
Vaslingizga yetmoqliku endi Armon.
Xech bo'lmasa tushlarimga kirib turing.

So'ramayman sizdan xatto bir shirin so'z.
So'zlaringiz yoringizga asrab qo'ying.
Faqat sizdan iltimosim bevafo yor.
Xech bo'lmasa tushlarimga kirib turing.

Har Bahorda olam gulga to'lganida.
Go'zalingiz sevgisini eslab yuring.
Bir eslashga men arzimay qolganimda.
Xech bo'lmasa tushlarimga kirib turing.

O'zga yorla ko'rganimda jonim sizni.
Ko'ngil uchun bir bor menga boqib qo'ying.
Agar shu ham malol kelsa yoringizla.
Baxtli bo'lib tushlarimga kirib turing..
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 700 | Теги: Jonim, kechib, Oson, kettingiza, Mendan | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0