Saodat soqmogin izlayin uzoq,
Saodat soqmogin izlayin uzoq,
Sen baxting yolidan toymasang boldi.
Menga kop korindi sevgidan qiynoq,
Sen ishqning sururin qoymasang boldi.
Kozingga boqqanda kozlarim kulsa,
Yurak diydoringdan sevinib ursa,
Sevinching chehramdan akslanib tursa,
Meni baxtli deya oylasang boldi.
Sarhadlardan qorqib yashasam nima?
Faqat gamdan luqma oshasam nima?
Dunyoga dardimni toshasam nima?
Sen faqat quvonchdan soylasang boldi.
Bahorim ortidan ergashganda kuz,
Kuzning sozlariga berkinsa afsus,
Sevgim yuragimga qilsa tajovuz,
Sen meni dostlik deb siylasang boldi.
Bulutlar ortiga berkinsa oftob,
Bugun salqin deya oylasang boldi.
Yuzimga dostlikdan ilingan niqob,
Ashaddiy yurakni ko‘rmasang boldi
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 616 | Теги: soqmogin, Uzoq, Saodat, Izlayin | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0