Kecha-armon bizga begona edi,
Kecha-armon bizga begona edi,
Kecha-ishqimizdan yashnardi dunyo.
Kecha-orzular ham qo'shqanot edi,
Kecha-tugamasdi kunlar ham go'yo!

Bugun-tabiatning avzoyi buzuq,
Bugun-ko'z yoshlarga g'arq bo'lar olam.
Bugun-qo'llaringga yarashar uzuk,
Bugun-tugayapti barisi, alam!

Erta-o'ylashga ham majol yo'q tanda...
Erta-sensizlikdan boshlanar har on.
Erta-ko'rishsak-da begonangman-da
Erta-bosh ko'tarib yig'laydi armon.

Yomg'irdan so'rayman ahvolingni men...
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 590 | Теги: bizga, Begona, Kecha-armon, edi | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0