Yig'layapsan ko'zlaringda yosh
Yig'layapsan
ko'zlaringda yosh,
Sen ham mendek og'rinibsan-da!
Sotqin ko'zing qilib qo'ydi fosh,
Va nihoyat sog'inibsan-da...

Sog'inchlarim yurak tilar deb,
Aytmagandim,seni kular deb.
Ishonardim shu kun kelar deb,
Va nihoyat sog'inibsan-da...

Sog'inmayman degan eding yor,
Shu so'zing-la berganding ozor.
Mana bugun ishqimda bedor,
Va nihoyat sog'inibsan-da...

Bugun diydor bizlardan yiroq,
O'z xukmini o'tkazar firoq.
Jiringlaydi tinmay qo'ng'iroq,
Va nihoyat sog'inibsan-da.....
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 693 | Теги: kozlaringda, Yosh, Yiglayapsan | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0