Sevgi sheri
Dardingiz bor dardingizni oshirmang,
Yelkangizdan baxt qushini uchirmang.
Chin muhabbat insonga bir bor berilar,
Sevib turib sevgingizni yashirmang!

Har yurak ishq isxoriga uch bo'lar,
Aytmasangiz bor umidlar puch bo'lar.
Bugun aytmasangiz erta kech bo'lar,
Sevib turib sevgingizni yashirmang!

Bu sir aslo qiynalishga arzimas,
Sog'inish qizg'onish yengil dard emas.
Isxor uchun u sevishi shart emas,
Sevib turib sevgingizni yashirmang!

Bedor dilni halovatga zor qilib,
O'zingizga sukunatni yor qilib.
Ikki so'zni aytmoqlikni or bilib,
Sevib turib sevgingizni yashirmang!

Kech bo'lgach oqadi achchiq yosh ko'zdan,
Yuz buradi hatto shunda baxt sizdan.
Do'stona maslahat mendan,
Sevib turib sevgingizni yashirmang!
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (06.06.2018)
Просмотров: 17338 | Теги: Sevgi, sheri | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0