Mayli uncha go'zal bo'lmasin
Mayli uncha go’zal bo’lmasin
Faqat sevgi nima bilmasin
Tunlar "allo-allo”qilmasin
Oddiygina qiz toping,ona.

Qalbi go’zal bo’lsa bo’lgani
O’z ahdida tursa bo’lgani
Vafo nima,bilsa bo’lgani
Oddiygina qiz toping,ona.

Bir soatlab bog’da qolmagan
Sevib so’ngra dog’da qolmagan
Yigitlardan gullar olmagan
Oddiygina qiz toping,ona.

Kiyimlari tor bo’lmasin hech
Sevgan yori bor bo’lmasin hech
Bundaylar kam, bo’lmasidan kech
Oddiygina qiz toping, ona.

So’rangchi bir dugonasini
Sirdoshiyu, yagonasini
Avval ko’ring bir onasini
Oddiygina qiz toping, ona..!
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (12.02.2018)
Просмотров: 2583 | Теги: Mayli | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0