Achiq xotora bo'ldiku
​Achchiq xotiralar bo‘ldi-ku
tilak,
Og'ir ayriliqqa ko‘ndi bu yurak,
Nima bo‘lsa hamki tan olish kerak,
Sevdim, sevayapman,
sevaman seni.

O‘tkinchi havasga
berildik goho,
Boshga sinovlarni
soldi bu dunyo,
Dilim to‘la nafrat
bo‘lsa ham ammo,
Sevdim,sevayapman, sevaman seni.

Har on hayolingsiz o‘tmaydi vaqtim,
Seni o‘ylasam bas ortadi zavqim,
Bilmam armonimmi va yoki baxtim,
Sevdim, sevayapman,sevaman seni.

Bu qanday tuyg'uki seni o‘ylasam,
Pinhona o‘rtanib nominga
kuylasam,
Kecham ham bugunim
ertamdan qasam,
SEVDIM,SEVAYAPMAN, SEVAMAN SENI!

Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (11.02.2018)
Просмотров: 1355 | Теги: Achiq, Xotira | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0