Yuragimni og'ritmang bo'ldi
Rost gapirib yig'lating mayli
Yolg'on bilan chalg'itmang , bo'ldi
O'z - o'ziga yetadi dardi
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Yomon bo'lsam tepkilab keting
Eplasangiz turtkilab keting
Yuzimga loy surtkilab keting
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Do'stingman deb o'ynashmang axir
Dushmanga chog' kavlashmang axir
Oqibatla quvlashmang axir
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Kimligingiz bildirib qo'yib
Ishni tagdan tindirib qo'yib
Ishonchimni sindirib qo'yib
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Mung tishlaydi tilim benajot
Ammo ichda dil yig'laydi dod
Boshim kesing bo'lsangiz jallod
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Bir parcha go'sht , temirdan emas
Yoqavermang ko'mirdan emas
Mendan oling olsangiz ham qasd
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

G'amlar ortda qolishsin endi
Yonsa dardlar yonishsin endi
Baxt bilan ham tanishsin endi
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Yuzakiga xurmat qilmanglar
Ortimdan so'ng g'iybat qilmanglar
Yaralangan qalbim tilmanglar
Yuragimni og'ritmang , bo'ldi

Bir parcha go'sht , temirdan emas .....
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.12.2017)
Просмотров: 2622 | Рейтинг: 4.0/4
Всего комментариев: 0